Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan qancha bemor vafot etdi
28.01.2021 15:41,  
54

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 99 million 864 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 149 mingdan ziyod kishi vafot etgan (27.01.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 16:35 holatiga ko‘ra).  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 468 808 yangi holati aniqlandi, 12 856 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (28.01.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 100 million 852 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 173 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 25,050 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (10,689 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (8,871 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (3,774 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Buyuk Britaniya (3,689 milliondan ortiq). 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQSHda 133 409, Hindistonda 12 689, Braziliyada 26 816, Rossiyada 17 741, Buyuk Britaniyada esa 20 088 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан