Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi bir sutkada dunyo bo‘yicha koronavirusdan qancha odam kasallandi?
6.01.2021 11:40,  
145

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 84 million 474 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 848 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 541 811 yangi holati aniqlandi, 8 696 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 86 million 405 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 868 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 20,470 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (10,356 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (7,733 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (3,284 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Buyuk Britaniya (2,713 milliondan ortiq). 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQSHda 211 444, Hindistonda 16 375, Braziliyada 17 341, Rossiyada 24 246, Buyuk Britaniyada esa 58 784 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан