Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST missiyasi koronavirus manbasini topish uchun Xitoyga boradi
16.12.2020 11:21,  
277

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari guruhi koronavirus manbasini qidirish uchun yanvar oyida Xitoyga boradi. Bu haqda missiya a’zosi Fabian Lenderts ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, mutaxassislar allaqachon xitoylik olimlar bilan munozaralarni boshlagan. 

Katta ehtimol bilan, JSST mutaxassislari Xitoyning Uxan shahriga borishlari mumkin. 

"Gap aybdor mamlakatni qidirishda emas. Tashrifdan maqsad aslida nima bo‘lganini tushunish va kelajakda ushbu ma’lumotlarga asoslanib xavfni kamaytirishning iloji bor-yo‘qligini bilishga urinish bo‘ladi", degan Lenderts. 

Mutaxassislar virus birinchi marta qayd etilgunga qadar ham aylanib yurganini isbotlamoqchi. 

Shuningdek, ular Uxan shahridagi bozorni o‘rganishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, koronavirus "o‘chog‘i" Uxanda COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabrida boshlangan edi. 

Turli taxminlarga ko‘ra, koronavirus Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo bo‘lgan.

Ayni paytgacha Xitoyda koronavirus bilan bog‘liq 86 ming 770 ta holat qayd etilgan. 81 ming 821 kishi sog‘ayib ketgan. 4 ming 634 nafar bemor vafot etgan. 

Dunyoda koronavirusga chalinganlar 73 mlndan oshgan. 1,63 mln bemor virus qurboni bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан