Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST: “Omikron” bilan kasallanish holatlari har 2-3 kunda ikki barobar ortmoqda
16.12.2021 21:17,  
151

Koronavirusning yangi shtammi dunyo bo‘ylab qanchalik tez tarqalayotgan bo‘lsa, jahon olimlari ham bu mutatsiyaning xavfli tomonlari, xususiyatu asoratlarini shunday shiddat bilan tadqiq etmoqda. Natijada “omikron” haqida kuniga yangidan-yangi ma’lumot va xulosalar paydo bo‘lyapti.

Masalan, JSSTning COVID-19ga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili Devid Nabarroning qayd etishicha, ushbu shtamm bilan kasallanish holatlari har 2-3 kunda ikki barobar ortib borayotir.

Xavotirli jihati, bu boradagi ko‘rsatkichlar bir hafta ichida 8 barobar oshishi mumkin. Ikki haftadan so‘ng esa vaziyat 40 barobar xavfliroq tus olishi ehtimoli katta.

O‘shanda bunday o‘ta murakkab epidemiologik holat, eng avvalo, Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash tizimini juda tang ahvolga solib qo‘yadi. Yevropa, qolaversa, jahonning boshqa mamlakatlari ham pandemiyaning yangi to‘lqinidan katta zarar ko‘radi.

Aslida, Buyuk Britaniyada hozirning o‘zidayoq ahvol tashvishlanarli. 15 dekabr holatiga ko‘ra, bu yerda koronavirus bilan kunlik kasallanish holatlari qariyb 78 mingtaga yetgan.

Yaqinda Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Javid mamlakatda “omikron” qayd etilgan bemorlar soni 4,7 ming nafarni tashkil etayotganini ma’lum qilgan edi. Oradan 3 kun o‘tib bu ko‘rsatkich 10 mingtaga yetdi.

Shunga qaramay, mutaxassislar vaksinatsiya samarasiga katta umid bog‘lashyapti. Xususan, qo‘shimcha dozada emlanganlar “omikron”dan ishonchli himoyalanishi yoki ularda kasallik yengil o‘tishi aytilyapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан