Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар

JSST: “Omikron” shtammi biz o‘ylagandan ham ko‘ra xavfliroq bo‘lishi mumkin
15.12.2021 17:38,  
150

Koronavirusning “omikron” shtammi aniqlangan mamlakatlar soni 77 taga yetdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus kecha shu haqda bayonot berdi. Uning ta’kidlashicha, ko‘rsatkichlar bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Chunki yangi mutatsiya biz o‘ylagandan ko‘ra tezroq sur’atda tarqalmoqda. 

Ushbu holat kelgusida yana bir global muammoni keltirib chiqarishi ehtimoli yuqori. Ya’ni JSST kasallanishlar soni keskin ko‘payishi bilan shifoxonalarda o‘rin-joylar yetmay qolishidan jiddiy xavotirda. 

— “Omikron”ni faqat koronavirusga qarshi vaksinalar bilangina to‘xtatib qololmaymiz, — deydi T. Gebreyesus. —  Boshqa ehtiyot choralarini ham kuchaytirishimiz shart. Jumladan, tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, bino va xonalarni tez-tez shamollatib turish, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish zarur.

Shuningdek, JSST rahbari o‘z bayonotida “omikron”ning xavfli jihatlari hali yetarlicha o‘rganilmagani va baholanmaganini ham aytdi. 

Buni boshqa mutaxassis va ekspertlar xulosalari ham tasdiqlaydi. Masalan, “Moderna” kompaniyasining bosh tibbiyot mutaxassisi Pol Burtonning aytishicha, “omikron” va “delta” shtammlari bir vaqtning o‘zida yuqib, inson tanasi hujayralariga kirgach, yangi, yanada xavfli virus turi  paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, "omikron" koronavirusning yengilroq shtammi, deb o‘ylash xatodir. 

Janubiy Afrika Respublikasining eng yirik provinsiyalaridan biri — Yoxannesburgda joylashgan Vitvatersranda universiteti tadqiqotchisi Shabir Madhi ham shunday fikrda. Ya’ni “omikron” hozir bizga ma’lum bo‘lganidan ham xavfliroq bo‘lishi mumkin. 

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova esa jahon olimlari xulosasiga tayanib, “delta” bilan kasallangan har bir bemor bu virusni o‘rtacha 0,8 kishiga yuqtirishi ehtimolini aytdi. “Omikron”ga chalinganlarda bu ko‘rsatkich 3-3,5 kishiga yetishi mumkin. 

Binobarin, xitoylik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasida “omikron” bronxlarda “delta”ga qaraganda 70 marta tezroq ko‘payishi aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан