Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST rahbari hozirgi va pandemiya boshlangan paytdagi vaziyatni solishtirdi
21.11.2020 11:06,  
186

Gebreyesusning ta’kidlashicha, butun Yevropa va Shimoliy Amerikadagi shifoxonalar va intensiv davolash bo‘limlari bemorlar bilan to‘lmoqda yoki to‘lib bo‘ldi.

Oxirgi to‘rt hafta davomida dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirishlar soni pandemiyaning dastlabki oyidagi holatlar sonidan ko‘proq bo‘ldi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.

 «Butun Yevropa va Shimoliy Amerikadagi shifoxonalar va intensiv davolash bo‘limlari bemorlar bilan to‘lmoqda yoki to‘lib bo‘ldi», — deb ta’kidladi u.

 JSST rahbari «vaksina sinovlari to‘g‘risidagi pandemiya to‘xtashiga umid uyg‘otadigan yaxshi yangiliklar» bo‘layotganligiga e’tibor qaratdi. 

 Avvalroq Amerikaning Pfizer korporatsiyasi Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqayotgan vaksina 95 foiz samaradorlik ko‘rsatganligini ma’lum qilgandi. Kompaniyalar vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini nazorat qilish boshqarmasiga (FDA) ariza berdi.

16 noyabrda Amerikadagi yana bir kompaniya – Moderna o‘zi ishlab chiqqan vaksina samaradorligini 95 foiz deb baholadi.

Gebreyesus avvalroq pandemiyaga qarshi kurashda birgina vaksinatsiya yetarli emasligini aytgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан