Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST rahbari navbatdagi pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
8.09.2020 11:14,  
632

Koronavirus pandemiyasi bu kabi so‘nggi epidemiya emas va jamiyat kelajakdagi pandemiyaga yaxshi tayyorlanishi kerak, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Gebreyesus.

«Tarix bizga epidemiyalar va pandemiyalar hayotning bir qismi ekanligini o‘rgatadi. Ammo yangi pandemiya kelganda, dunyo bunga hozirgidan yaxshiroq tayyor bo‘lishi kerak», - dedi Gebreyesus Reuters agentligiga.

JSST yangi tipdagi koronavirusni 11 mart kuni - deyarli olti oy oldin pandemiya darajasida deb e’lon qildi. May oyida janob Gebreyesus tashkilot yaqinlashib kelayotgan pandemiyaga o‘z vaqtida javob berganini da’vo qildi. JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tashkilot hali yanvar oyida favqulodda vaziyat haqida ogohlantirgan va dunyo "aralashish uchun yetarli vaqtga ega edi" ( iqtibos CNBC'dan keltirildi).

Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra koronavirus 27,1 milliondan ortiq odamda aniqlangan, 889 mingdan ortiq kishi vafot etgan. O‘zbekistonda, Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 44107 kishida COVID-19 aniqlandi, 356 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан