Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST rahbari yangi va o‘ta xavfli virus paydo bo‘lishidan ogohlantirdi
30.10.2021 13:41,  
1042

Kelajakda Yer yuzida insoniyat uchun xavfli virus paydo bo‘ladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adan Gebreyesus ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday virus tarqalishini «biologiya nuqtai nazaridan inkor etib bo‘lmaydi». JSST rahbari jahon hamjamiyati hozirgi pandemiyadan saboq olib, keyingi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishi kerakligini ta’kidlagan.

Gebreyesus, shuningdek, «yuqori darajadagi tahdidlarga» qarshi kurashish uchun «oliy darajadagi siyosiy ishtirok» zarurligini ta’kidlagan. Shu munosabat bilan u G20 ishtirokchilarini pandemiyaga tayyorgarlik va unga qarshi choralar ko‘rish bo‘yicha yuridik jihatdan majburiy bo‘lgan xalqaro shartnomani tuzishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

Tegishli qaror Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan maxsus sessiyasida qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан