Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST: So‘nggi haftada dunyoda koronavirus bilan kasallanish holatlari 71 foizga oshgan
8.01.2022 10:03,  
32

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, shu kungacha “omikron” shtammi aniqlangan mamlakatlar soni 126 taga yetdi.

Hatto ushbu mutatsiya turi yurtimiz chegarasiga qadar yetib kelgani xavotirli holat. Xususan, yangi variant Qozog‘istonning Olmaota shahrida yetti va Nur-Sultonda bir kishida qayd etilgan.

Shuningdek, Iroqda ham kecha ilk bor besh nafar bemorda “omikron” ro‘yxatga olindi. Ularning barchasi xorijiy davlatlarda safarda bo‘lib qaytgan fuqarolardir. 

Braziliyada esa yangi shtammdan dastlabki o‘lim holati kuzatildi. Keksa yoshli bemor shifoxonada vafot etgani aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, marhum gipertoniya va surunkali o‘pka kasalligidan aziyat chekkan.

JSST texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxovening ta’kidlashicha, so‘nggi haftada dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 71 foizga oshgani tashvishlanarli vaziyat. 

Misol uchun, 31 dekabr holatiga ko‘ra, jahon bo‘yicha COVID-19ga chalinish ko‘rsatkichlari 1 million 670 mingdan ziyod edi. Kecha esa bu raqamlar 2 million 400 mingdan oshdi.

Chindan ham, rekordlar kun sayin yangilanmoqda. Ayniqsa, Yevropada epidemiologik vaziyat anchayin murakkab. Ammo deyarli hech bir mamlakat Kanada kabi kuchli karantin cheklovlarini joriy etgani yo‘q. 

Negaki, mamlakatda bundan roppa-rosa bir oy avval koronavirusdan kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari 3 ming atrofida edi. Hozir esa bu raqamlar qariyb 13 barobar yuqori. 

Shu sababli Ontario va Kvebek shtatlarida maktablar, restoran va barlar, sport zallari to‘liq yopilgan. Kvebekda komendantlik soati ham amalda. Unga ko‘ra, kechki soat 22:00dan keyin ko‘chaga chiqqanlar 6000 dollargacha jarimaga tortilyapti. 

Yevropadagi qator davlatlar esa bunday kuchli cheklovlar qo‘llashdan hozircha tiyilmoqda. Misol uchun, “omikron”dan eng ko‘p jabr chekayotgan Buyuk Britaniya hukumati lokdaunga qaytishga butunlay qarshi. Jumladan, mamlakat Bosh vaziri Boris Jonson "Biz ushbu virus bilan yashash yo‘lini topa olamiz" deb bayonot berdi.

Xuddi shunday, SOVID-19ni kunlik yuqtirish holatlari millionga yaqinlashayotgan AQSh ham hamon ochiqligicha qolmoqda. Ba’zi shtatlardagi joriy cheklovlar esa asosan emlash pasportlari hamda tibbiy niqoblar bilan bog‘liq.

To‘g‘ri, Hindiston va Janubiy Afrika Respublikasida omikron epidemiyasiga qarshi kurashish uchun komendantlik soati joriy etildi. Biroq har ikki davlatda ham yopiq yig‘ilishlarni o‘tkazishga doir cheklovlar Kvebekka nisbatan birmuncha yengil. 

Masalan, Hindistonning Karnataka shtati komendantlik soatini joriy qildi. Lekin bu yerda tamaddixonalar va kinoteatrlar o‘z faoliyatini to‘liq to‘xtatgani yo‘q. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан