Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekistonda dezinfeksion tunnellardan foydalanish to‘xtatiladi
16.09.2020 10:05,  
252

Respublika maxsus komissiyasi bayoniga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asoslanib dezinfeksiya tunnellari taqiqlanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining Respublika maxsus komissiyasi bayoniga asoslanib xabar berishicha, endilikda Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida dezinfeksion tunnellardan foydalanish to‘xtatilib, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat joylari, bino va inshootlarga kirish joyida tana haroratini kontaktsiz o‘lchash, tashrif buyuruvchilarni zarur holatlarda tibbiy yoki bir martalik niqoblar bilan ta’minlash, shuningdek, kirish qismida tashkil qilish uchun qulay joyda teri uchyn antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatish amaliyoti joriy etiladi.

Bunda: ushbu amaliyotlarni tegishli qoidalar asosida olib borish bo‘yicha mas’uliyat va javobgarlik muassasa va tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasida bo‘lib, mazkur tadbirlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga yuklatildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан