Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






JSST tomonidan koronavirusga qarshi birinchi vaksina tasdiqlandi
1.01.2021 14:37,  
292

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Pfizer/Biontech vaksinasini koronavirusga qarshi favqulotda ishlatishga ruxsat berilgan birinchi vaksina sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu dunyo mamlakatlariga vaksinani import qilishga va aholiga tarqatishga imkoniyat beradi, deyiladi tashkilot axborotida.

Dunyoning turli burchaklaridagi mutaxassislar Pfizer vaksinasi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganib chiqishdi. O‘rganishlar natijasida vaksina JSSTning xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha talablariga javob berishi aniqlandi.

 5 yanvar kuni JSST Emlash bo‘yicha mutaxassislarning strategik maslahat guruhi tomonidan vaksinani aholi orasida qo‘llash tartibi va tavsiyalarni ishlab chiqadi.

JSST vakili xavfsizlik darajasi va samaradorligi sinovlardan o‘tgan boshqa vaksinalarni baholash davom etayotganligini ma’lum qildi. Tashkilot boshqa vaksinalar ishlab chiqaruvchilarini baholashda qatnashishga chaqirdi.

Manba.Gazeta.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан