Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Juda ham sovuq joylarga ko‘chib ketayotgan o‘zbeklar, partiyani sudga bermoqchi bo‘lgan Senator va boshqa muhim xabarlar
12.11.2019 21:35,  
274

Yakunlanib borayotgan 11 noyabr kuni yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan Sof.uz dayjestida tanishtiramiz.

Cho‘chqa va qo‘y gibrididan yaratilgan qo‘y go‘shti O‘zbekistonga keldi degan xabarlar rostmi?

Bir vaqtning o‘zida doimiy yashash uchun Kolimani tanlaganlarning 1 241 nafari MDH davlatlari fuqarolaridir. Ulardan 779 kishi Ukrainadan, 583 kishi O‘zbekistondan, 139 kishi Qozog‘iston va 123 kishi Armanistondan kelgan.

Batafsil: https://sof.uz/0ss

Senator “Milliy tiklanish”ni sudga beradimi?

Senator Maqsuda Vorisova “Milliy tiklanish” gazetasini sudga berishi ehtimoli katta ekani aytilmoqda.

Batafsil: https://sof.uz/fwk

O‘zbekiston quruq gap bilan ittifoqqa kirmaydi

​O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) kirishi haqidagi muhokamalar alohida mavzuga aylanyapti. Endi unda mutaxassislargina emas, diplomatlar ham qatnashyapti. "Kommersant’" nashrining suhbatdoshiga ko‘ra, rasmiy Toshkent o‘zining sanoati va boshqa iqtisodiy sohalari uchun kafolat olishni xohlaydi. Shunga qaramay Moskva o‘zbek tomoni YeOIIga kirish arizasini topshirishni ko‘p kechiktirmaydi, degan fikrda.

Batafsil: https://sof.uz/dos

Lo‘li millatiga mansub aholi ham yangi uy-joylarga ega bo‘ldi

O‘tgan asrning 60-yillarida qurilgan, hozirda turmush uchun yaroqsiz holga kelib qolgan uylarda yashab kelayotgan lo‘lilar uchun zamonaviy uy-joylarga ega bo‘lish, albatta, tarixiy voqea.

Batafsil: https://sof.uz/f26

Lukoyl O‘zbekiston xalqi oldida rasman kechirim so‘rashi shart

Kolumnistimiz Jamshid Muslimovdan munosabat:
Lukoylda ishlovchi o‘zbekistonlik ishchilarni haqorat qilgan xodimga nisbatan rasmiy chora ko‘rilishi va Lukoylning o‘zi O‘zbekiston xalqi oldida rasmiy bayonot bilan kechirim so‘rashini talab qilaman.

Batafsil: https://sof.uz/4u2

Sobiq prokuratura xodimidan 19 ming dollar pulini olib berishni so‘ragan ayol bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Bosh prokuratura tomonidan internet ijtimoiy tarmoqlarida fuqaro M.Akbarova tomonidan e’lon qilingan video murojaat o‘rganildi, deyiladi idoraning axborot xizmati xabarida.

Batafsil: https://sof.uz/cij

YPX inspektorini namoyishkorona tahqirlagan shaxs ozodlikdan mahrum etildi

Shu yil 7 avgust kuni tush paytida Buxoro shahrining «Markaziy bozor» chorrahasida xizmat faoliyatini olib borayotgan YPX inspektori bilan qoidabuzar haydovchi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal oxiri sud muhokamasigacha yetib bordi.

Batafsil: https://sof.uz/0y6

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан