Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Jukovskiy shifoxonasidagi murdalar” videolavhasi bo‘yicha SSV tushuntirish berdi
19.07.2020 15:06,  
9397

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda shifoxona o‘likxonasi tasvirlangan videolavha tarqaldi. Unda murdalarni vaqtincha saqlash xonasi (eshikda shunday ruscha yozuv bor) va yo‘lakda qora plyonkalarga o‘ralgan, polga yotqizib qo‘yilgan 20-25 chog‘li murdani ko‘rish mumkin. Ularning ayrimlari plyonkaga o‘ralmagan, alohida xonaga kiritilmagan ham.

Mazkur videolavha ortidan alohida ovozli xabar ham tarqalgan va unda erkak kishi “Jukovskiy shifoxonasida juda ko‘pchilik COVID-19'dan o‘lyapti. Mana, hozir qaynonamning ham joni uzildi. Olib chiqyapmiz. Ehtiyot bo‘linglar”, – deydi.

Bu holat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonot berdi:

– Videolavhadagi holat O‘zbekistonda yuz bermagan, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra qo‘shni davlatlardan biridagi tasvirdir. 

O‘zbekistonning biror shifoxonasida, jumladan yuqorida tilga olingan tibbiy markazda bunday joy yo‘q va murdalar bunaqa tarzda saqlanmaydi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан