Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jurnalist Alisher Soipovning o‘limi bilan bog‘liq ish qaytadan ko‘rilyapti
3.10.2019 12:05,  
1048

Qirg‘izistonda jurnalist Alisher Soipovning o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoiy qaytadan ko‘rilyapti. Bu haqda marhumning ukasi Shohruh Soipov “Fergana.ru” nashriga ma’lum qilgan.

Mazkur ish 2013 yilda to‘xtatilgan edi. Qirg‘iziston Bosh prokuraturasining So‘z erkinligini himoya qilish bo‘yicha xalqaro uyushma (IFEX)ning murojaatiga javoban bildirishicha, 2019 yilning 2 avgustida O‘sh viloyati prokuraturasi tergovchining qarorini bekor qilgan va Alisher Soipovning o‘ldirilishi bo‘yicha tergovni qaytadan boshlagan.

“Amerika ovozi”, “Ozodlik”, VVS, “Fergana.ru” bilan hamkorlik qilgan, “Siyosat” gazetasining bosh muharriri bo‘lan Alisher Soipov 2007 yilning 24 oktyabrida O‘shda otib ketildi. O‘shanda u 26 yoshda edi.

2010 yilning bahorida O‘sh shahar sudi Abdufarid Rasulov ismli shaxsni jurnalist Alisher Soipovning o‘limida aybdor deb topdi va uni 20 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi. Biroq qotillik yuz bergan paytda Rasulov boshqa joyda bo‘lgani haqida dalil taqdim etilgach, u 2012 yilda qo‘yib yuborildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан