Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jurnalist Saidjon Maxsumov o‘limiga sabab bo‘lgan Xorazmdagi ayanchli avtohalokat haqida ma’lumot berildi
20.09.2021 15:17,  
423

“Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri, taniqli jurnalist Saidjon Maxsumov 35 yoshida avtohalokat hodisasi oqibatida halok bo‘ldi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etib hamdardlik bildirdi.

Maxsumov Toshkent viloyatining Parkent tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Faoliyatini “Ma’rifat” gazetasida boshlab, shu kungacha “Xalq so‘zi” gazetasida faoliyat yuritib kelyotgan edi.

IIV YHXBB Axborot xizmati mazkur mudhish YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. 

Aniqlanishicha, kecha, 19 sentyabr kuni soat 23:35 larda, Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani, Sarimoy qishlog‘i hududidan o‘tgan A-380 "G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 493-kilometrida, haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi "Tacuma" rusumli hamda haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvida bo‘lgan "Isuzu" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, "Tacuma" rusumli avtomobil haydovchisi A.M. hodisa joyida, ushbu avtomobil yo‘lovchilari S.M. (tah: jurnalist Saidjon Maxsumov) shifoxonaga olib ketilayotganda, R.J. va A.Q.lar shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Tuproqqal’a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан