Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Jurnalist va blogerlarning mahalliy organlarning dunyoqarashini o‘zgartirishga qaratilgan harakatlari menga juda ma’qul kelmoqda» – Shavkat Mirziyoyev
17.01.2021 16:15,  
186

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 yanvar kuni Yunusobod tumani faollari bilan uchrashuvda jurnalist va blogerlar faoliyati to‘g‘risida ham so‘z yuritdi.

«Ommaviy axborot vositalari birovga yoqadi, birovga yoqmaydi. Lekin jurnalist va blogerlarning adolatli haqiqatni yozib, har bir davlat idoralari, umuman, mahalliy organlarning dunyoqarashini o‘zgartirishga qaratilgan harakatlari menga juda ma’qul kelmoqda va bundan hech qachon orqaga qaytmaymiz, mana shuni bilishlaringiz kerak. Natijadorlik, haqiqat va odamlarni rozi qilish nuqtai nazardan harakatlarimiz boshlandi va buni aslo to‘xtatmaymiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tadbirda Prezident tashqi siyosat masalalariga ham to‘xtaldi.

«Qo‘shnilarimiz bilan millat tinchligi va millat kelajagi uchun, albatta, yaxshi munosabatda bo‘lishimiz kerak. Qator davlat rahbarlari bilan muntazam aloqada bo‘lib turibman. Chunki do‘stlik har taraflama foydali. Biz boshqa mamlakatlar singari okeanlar bo‘yida joylashgan emasmiz, bozorga chiqish, iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha eng jiddiy muammolardan biri bu – yo‘l. Afg‘oniston orqali Pokistonga chiqadigan temir yo‘l loyihasini imzoladik. Bu bizga katta imkoniyatlar beradi», — dedi davlat rahbari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан