Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jurnalistika universiteti bugundan 14 kunlik onlayn o‘quv tartibiga o‘tkaziladi.
12.04.2021 08:57,  
58

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hududida karantin qoidalariga to‘liq rioya qilinishi muntazam ravishda saqlanib kelinganiga qaramasdan, ayrim talabalar orasidan yengil shakldagi koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqida O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev universitet rasmiy sahifalarida e’lon qildi. 

Xabar berilishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘limi tavsiyasiga ko‘ra va koronavirus infeksiyasi talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida keng tarqalib ketishining oldini olish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyatini xabardor qilgan holda, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari 2021 yil 12 aprel sanasidan 14 kunlik onlayn o‘quv tartibiga o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан