Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jurnalistika universiteti talabalari uchun Behbudiy nomidagi stipendiya joriy etiladi
27.06.2020 10:51,  
138

Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigida Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi stipendiyani ta’sis etishni taklif qildi.

"Biz bo‘lg‘usi jurnalistlarimiz chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tilimiz bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.

Ana shunday yetuk kadrlarni tayyorlashda eng avvalo o‘zimizning boy ma’naviy merosimizga tayansak, albatta natija bo‘ladi. Bu borada jadidlar, xususan, bu yil 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug‘ alloma va publitsist Mahmudxo‘ja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.

Siz azizlarning bugungi kasb bayramingiz bahona bir ezgu taklifni ilgari surmoqchiman. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi stipendiyani ta’sis etsak, o‘ylaymanki, bu ham yoshlarimizni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi" - dedi prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан