Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jurnalistlik faoliyatga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik joriy etiladi
14.01.2020 12:37,  
191

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokama uchun regulation.gov.uz portalida e’lon qilindi.

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 197-5-modda bilan to‘ldirilishi nazarda tutilgan:

197-5-modda. Jurnalistlik faoliyatiga aralashish va to‘sqinlik qilish:

Jurnalistlik faoliyatiga aralashish va to‘sqinlik qilish, jurnalistni axborotni tarqatish yoki tarqatishni rad qilishga majburlash, akkreditatsiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki akkreditatsiyani noo‘rin bekor qilish, jurnalistning so‘rov bilan murojaat qilish va zarur axborotni olish huquqini buzish, jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi va davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqib, bekor qilishlarini ta’minlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан