Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kadastr agentligi xodimi pora ustida ushlandi
11.03.2021 16:28,  
530

Kadastr agentligining Yangiyo‘l tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi tadbirkordan pora talab qilib olayotganda ushlandi. Bu haqida Prokratura departamenti rasmiy telegram kanalida ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Kadastr agentligining Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi S.J. “R.M.” MChJ tomonidan qurilgan “Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor” shahobcha binosining kadastr hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga, jamiyat rahbaridan 10 tonna sement olib berishni talab qilib, sementni bozor narxida o‘rtacha 10 mln so‘mga hisoblab, dastlab “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi uchun akkumulyator hamda 500 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан