Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Kalmar o‘yini» serialiga qaysi asar bosh manba bo‘lgan?
16.10.2021 19:10,  
250

Tomsklik olimlar sun’iy intellekt yordamida Janubiy Koreyaning «Kalmar o‘yini» seriali bosh manbasini topishdi, deb yozmoqda «Rossiyskaya gazeta».

Ishlanma muallifi Yevgeniy Garinning aytishicha, mashhurlik cho‘qqisiga chiqqan serial asosida Agata Kristining «O‘nta negr bolasi» romani yotibdi.

Ruslarning sun’iy intellekti avvaliga serialda boshqa asarlar bilan ham o‘xshashliklarni topgandi. Masalan, «Qirollar jangi» (Yaponiya), «Ochlik o‘yinlari» (Janubiy Koreya) filmlari, hatto yana bir mashhur serial «Taxtlar o‘yini»ga o‘xshab ketishini taxmin qilgandi.

«Kalmar o‘yini» seriali «Netflix» servisining 90 mamlakatdagi chartlarida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Serialda orolga pul ishlash uchun jo‘nab, jon saqlab qolish uchun kurashuvchi personajlar haqida hikoya qilinadi. Koreys seriali «Netflix» faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli shouga aylanishi, «Vedmak» va «Brijertonlar» singari xit-asarlarni ortda qoldirishi taxmin qilinmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан