Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kam ta’minlangan oilalar parranda boqqan davri uchun moddiy rag‘batlantiriladi
2.05.2020 11:22,  
205

Avval xabar qilganimizdek, “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4700-son, 01.05.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suv zaxirasi mavjud bo‘lgan yerlarni foydalanishga kiritish va ularni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun aholiga imtiyozli shartlarda ajratib berish tartibi belgilandi.

Dehqonchilik sohasida tajribali va kam ta’minlangan oilalarga yer maydonlari beriladi

Ushbu qaror doirasida beriladigan yer maydonlarida yengil konstruksiyali dala shiypon va sug‘orish inshootlarini joylashtirishga ruxsat beriladi, boshqa turdagi, shu jumladan turar joy, bino va inshootlar qurish qat’iyan man qilinadi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarida ishtirok etadigan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar toifasiga kiruvchi har bir oila parranda boqqan davri (40 kun) uchun Jamoat ishlari jamg‘armasidan qo‘shimcha 500 ming so‘mdan rag‘batlantiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан