Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kam ta’minlangan xonadonlarga quyosh va energiya tejamkor lampalar o‘rnatildi
29.03.2021 19:06,  
113

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni hal kilish maqsadida uzoq va olis hududlardagi kam ta’minlangan aholi xonadonlarni issiq suv va elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun zamonaviy quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitgichlarini o‘rnatilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis hududlaridagi kam ta’minlangan aholi xonadonlar ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu ro‘yxat asosida aholi xonadonlarida elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun zamonaviy quyosh va energiya tejamkor lampalar o‘rnatib berilmoqda.

“O‘zenergoinspeksiya” Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan Taxiatash tumani “Nurli Keleshek” MFYdagi aholi xonadonlariga jami 2 dona quvvati 120 Vt bo‘lgan tashqi quyosh panelli ko‘cha yoritkichlar va 30 dona kuvvati 10 Vt va 12 Vt bo‘lgan energiya tejamkor lampalar o‘rnatilib berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан