Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalar 3 yil davomida kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan qishloqlarda ishlab beradi
9.06.2020 20:49,  
345

Bugun prezident o‘tkazgan yig‘ilishda  iqtisodiyotda o‘sish sur’atlarini oshirish uchun 8 ta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi.

Yig‘ilishda bu yil 810 mingta doimiy ish o‘rnini qayta tiklash, 310 ming doimiy va 633 mingta mavsumiy ish o‘rni yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Kecha, 8 iyun kuni qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, o‘zini o‘zi band qiluvchi faoliyat turlari soni 24 tadan 67 taga ko‘paytirildi.

Prezident Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga ko‘maklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalarni 3 yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yo‘naltirish taklifi bildirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан