Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kambodjada “boylar uchun qamoqxona” paydo bo‘ladi
5.07.2019 18:35,  
11

Kambodja poytaxtida qulay sharoitli “xususiy” kameralar bilan jihozlangan maxsus qamoqxona yaqin vaqtlarda foydalanishga topishiradi. Bu haqda Phnom Penh Post nashri xabar qildi.

Qamoqxonaning yangi qismida qurilish ishlarini mamlakat ichki ishlar vazirligi belgilagan, xususiy kompaniya olib bormoqda.

Qamoqxonaning bu qismi katta kameralar bilan jihozlanadi. Bular to‘rt toifaga bo‘linadi: bir, ikki, uch va to‘rt kishilik kameralar bo‘ladi.

Bu qulay sharoitli kameralar qamoq yoki dastlabki tergov jarayonidagi puldor kishilarga beriladi. Chunki hozirgi vaqtda mamlakatdagi qamoqxonalarda 30 kvadrat metrli kamerada 30 va undan ko‘p mahbus saqlanishi mumkin.

Shinam kameralarni ijara narxlarini 45 yil davomida operator-kompaniya belgilaydi. Pullarning bir qismi davlatga o‘tkazildi, qolgan pullar qurilish harajatlari bartaraf etish va daromad qilish uchun olinadi.

2016 yilda bu turdagi tijorat qamoqxonani qurish, ya’ni yetarli puli bor mahbuslarga nisbatan shinam sharoitda jazoni o‘tashi va davlat byudjetiga qo‘shimcha daromad manbaini topish maqsadida  qaror qabul qilindi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан