Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kanada O‘zbekistonda viza markazi ochishni rejalashtiryapti
16.02.2021 08:58,  
565

O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi (qarorgohi - Vashingtonda) Javlon Vahobov Kanadaning O‘zbekistondagi elchixonasi (qarorgohi - Moskvada) migratsiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Daniel Unrau bilan muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar bermoqda "Dunyo" AA .

Tadbir davlatimiz rahbarining 2020 yil 15 sentyabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarining xorijga mehnat migratsiyasini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida Kanadaga kirish vizalari olishning tartib va shartlari muhokama qilindi.

Daniel Unrau O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, xususan, yoshlarni xorijiy davlatlarning mehnat bozorlarida talab yuqori bo‘lgan 20 dan ortiq kasbga o‘qitish uchun "mono-markazlar" tashkil etilgani, ingliz, koreys, rus va yapon tillarini o‘rgatish uchun xorijiy mutaxassislar jalb qilinayotganini yuqori baholadi.

Kanadalik diplomat O‘zbekiston va uning xorijiy sheriklari o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, BAA, Polsha va boshqa mamlakatlarga uyushgan mehnat migratsiyasini tashkil qilish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatladi.

Kanadalik diplomatning e’tibori Markaziy Osiyoda eng ko‘p yoshlar istiqomat qiladigan O‘zbekistonda Kanada viza markazini ochish zarurligiga qaratildi. Vakolatxona tashkil etilishi fuqarolarimizning ikki mamlakat o‘rtasida harakatlanishiga katta yordam beradi.

Daniel Unrau diplomatik vakolatxonamiz fikrini qo‘llab-quvvatlab, Toshkentda Kanada diplomatik vakolatxonasi va viza markazining yo‘qligi O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada vizalarini olish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

O‘zbekistonda Kanada viza markazining ochilishi va fuqarolar uchun immigratsiya hujjatlarini to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha tegishli veb-seminarlarning tashkil etilishi ularga Kanada vizalarini olishni osonlashtirishi mumkin, dedi diplomat.

Daniel Unrau so‘zlariga ko‘ra, har bir viza arizasi Kanada Immigratsiya xizmati xodimlari tomonidan sinchkovlik bilan tekshirilishini inobatga olgan holda, O‘zbekiston tomoni tashqi mehnat migratsiyasini samarali amalga oshirish uchun mehnat muhojirlariga tegishli viza hujjatlarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratishi kerak.

Kanadada, xususan, Kvebek provinsiyasida fransuz tilida so‘zlashadigan chet ellik mutaxassislarga bo‘lgan talab yuqori ekani, ushbu tilni bilish tanlov jarayonida qo‘shimcha ball va boshqa imtiyozlar taqdim etishini hisobga olgan holda, Daniel Unrau mehnat muhojirlariga fransuz tilini o‘rgatishga alohida e’tibor berishni tavsiya qildi.

Muzokaralar natijasida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangandan so‘ng O‘zbekistonda Kanada viza markazini ochish, shuningdek, fevral oyi oxirida Kanada fuqarolik, immigratsiya va qochoqlar ishlari bo‘yicha vazirligi hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillarining mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun uchrashuvini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан