Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kanada O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun moliyaviy yordam ajratdi
5.06.2020 18:57,  
241

2020 yil 4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Kanada Tashqi ishlar vaziri Fransua-Filipp Shampan o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi.

TIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston-Kanada munosabatlarining holati va faollashtirish istiqbollari, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik ko‘rib chiqildi.

Vazirlar Afg‘oniston masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘nalishga tezroq o‘tishi, mamlakatni Markaziy Osiyodagi savdo-iqtisodiy va infratuzilma jarayonlariga jalb qilish zarurligini ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq dunyodagi mavjud vaziyat ko‘rib chiqildi. Pandemiyaning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun birgalikda harakat qilish muhimligi qayd etildi. Shu o‘rinda Kanada TIV rahbari O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 250 ming Kanada dollari (taqriban 186 ming AQSh dollari) ajratilishini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан