Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kanadada issiq havo qurbonlarining soni 500 kishidan oshdi
2.07.2021 10:53,  
215

So‘nggi besh kun ichida Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida jazirama tufayli 500 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Bu haqda provinsiya koroneri Liza Lapointga asoslanib, CBC xabar berdi.

«Britaniya Kolumbiyasi Koroner xizmatiga 9 iyundan 30 iyun soat 13:00 ga qadar kamida 486 ta to‘satdan o‘lim haqida xabar kelib tushdi», — dedi Lapoint. Uning fikricha, aksariyat hollarda odamlar issiq havo tufayli vafot etgan. Lapointning ta’kidlashicha odatda yilning shu davrida provinsiyada 165 ta o‘lim holati qayd etilardi.

Avvalroq Kanada politsiyasi favqulodda yuqori harorat fonida to‘satdan o‘lim holatlari tufayli xizmatga ko‘plab murojaatlar tushayotganini xabar qilgandi. Britaniya Kolumbiyasidagi Litton shaharchasida 49,6 daraja issiqlik qayd etilgan.

Shuningdek, AQShning Oregon shtatidagi issiqlik to‘lqini kamida 63 kishini hayotdan olib ketdi.

Qurbonlarning aksariyati shtatning eng yirik shahri Portlendni o‘z ichiga olgan Maltnom okrugiga to‘g‘ri keladi. Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, okrugda 45 kishi vafot etgan. Marhumlar 44-97 yosh oralig‘ida bo‘lgan.

Okrug tibbiy ekspertizasi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar o‘limining dastlabki sababi gipertermiya yoki g‘ayritabiiy yuqori tana harorati bo‘lib, organizm issiqlikka bardosh bera olmagan.

Taqqoslash uchun 2017—2019 yillar orasida butun shtatda faqat 12 kishi jazirama oqibatida vafot etgan. Associated Press yozishicha, uch kun davomida Oregonda rekord darajadagi harorat ko‘rsatkichlari qayd etilgan. 28 iyun, dushanba kuni shtatda havo harorati Selsiy bo‘yicha 46 darajadan oshgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан