Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kanadada O‘zbekistonlik oila o‘z shaxsiy samolyotida halokatga uchradi
29.11.2019 09:02,  
17734

O‘zbekistonlik Otabek va uning oilasi 27 noyabr kuni o‘zlarining olti kishilik xususiy uchog‘ida Torontodan 200 km sharqda yerlashgan Kingston shahriga uchib, manzilga bir kilometrcha qolganida qulab tushishdi. 7 kishi vafot etdi. Ular orasida 3 nafar bola bo‘lgan. Bu haqda Kanadada yashayotgan kolumnistimiz Baxtiyor Shohnazar xabar bermoqda.

Ular yo‘lda kuchli shamol va yomg‘ir sababli, Kingston aeroportiga qo‘nish uchun yo‘nalishgan. Lekin, ayeroportdan bir necha kilometr uzoqda shahar chetidagi o‘rmonga qulab tushgan.

Hodisa guvohlari aytishicha, qattiq gumburlagan tovush eshitilgan. Halokatda Amerikaning Texas shtati boshkenti Hyustonda yashayotgan O‘zbekistonlik Otabek Obloqulov, turmush o‘rtog‘i, 15, 10 va 3 yoshli bolalari bilan birga Torontoda yashaydigan ikki nafar qarindoshi qurbon bo‘lishgan.

Torontolik Bobomurod Nabiyev IT mutaxassisi o‘laroq ishlayotgandi. O‘zbekistondan uylanib, xotini Kanadaga kelishi uchun homiylik qilgan va turmush o‘rtog‘i yaqinda yetib kelgan.

"Otabek bilan o‘tgan mart oyida Chikagoda o‘tkazilgan Navro‘z bayramida tanishib, gaplashgandik. Men unga o‘g‘lim uchuvchiligini aytsam, "mening ham uchog‘im bor, Hyustondan o‘zim uchib keldim" degandi.

Rahmatlik judayam xayrsevar kishi ekanligini eshitgandim.

Yaqinlariga sabr-toqat berishini, joyllari jannatda bo‘lishini duo qilib qolamiz" deb yozdi Baxtiyor Shohnazar.

Knopka.ca saytining yozishicha, halokatga uchragan Piper PA-32R yengil motorli samolyotini izlab topishga bir necha soat sarflandi. Samolyot yetib borish qiyin, botqoq yerga qulagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Piper PA-32R samolyoti AQShda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, Battonvil aeroportidan Kvebek shahriga ketayotgan bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан