Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kanadalik dasturchi koreyalik xakerlarga yordam bergani ma’lum bo‘ldi
25.02.2021 19:14,  
114

Ma’lum qilinishicha, Galeb Olomari Shimoliy Koreyada faoliyat yurituvchi xakerlar bilan jinoiy til biriktirib, dunyo bo‘yicha bir qancha banklardan qariyb 1,3 milliard dollar o‘g‘irlanishida yaqindan yordam bergan.

Tergov hujjatlarida qayd etilishicha, Olomari kiber hujumlar natijasida o‘g‘irlangan pullarni yuvish bilan shug‘ullangan. Jabrlanganlar orasida Hollivud kinostudiyalaridan tortib AQSh hukumatigacha bor.

“Olomari aybiga iqror bo‘lgan va sodir etgan qilmishi uchun sud tomonidan tayinlanadigan jazoga tayyor” ekanini ma’lum qilgan. Bu haqida "Yangi O‘zbekiston" gazetasi internet nashri Milliy xavfsizlik bo‘yicha Bosh prokuror o‘rinbosari Jon Demersga tayanib yozmoqda.

Qayd etish kerak, Shimoliy koreyalik xakerlar “WannaCry” virusidan foydalangan holda AQSh hududidagi moliya muassasalari va kompaniyalarga kiber hujumlar uyushtirib, ularning hisob raqamlaridan jami 1,3 mlrd dollar yechib olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu ishni amalga oshirgan dasturchilar Jon Chan Xek, Kim Ir va Pak Chin Xek Shimoliy Koreya xavsizlik xizmati bilan hamkorlik qilgani aytilmoqda. Ular Qo‘shma Shtatlardan tashqari, Vetnam, Bangladesh, Tayvan, Meksika, Malta va Afrika davlatlaridagi banklardan ham mablag‘larni va mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан