Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kapital bank, Hamkor bank va Aloqa bank eng faol banklar deb topildi
24.07.2020 19:58,  
170

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yilning may oyi uchun “Banklar faollik indeksi” reytingi ishlab chiqildi. Reyting 27 bankni o‘z ichiga oladi.

“Banklar faollik indeksi” ikkita ko‘rsatkich bo‘yicha baholandi: 

  • Moliyaviy vositachilik va ommaboplik indeksi;
  • Moliyaviy barqarorlik indeksi.

Reytingning top-3 ligida Kapital bank, Hamkor bank va Aloqa bank joylashdi.

Kapital bank umumiy reytingda (moliyaviy vositachilik va daromad olish salohiyati ko‘rsatkichlari bo‘yicha reytinglarda ham) 1-o‘rinni egalladi. Xususan, Kapital bankda jamg‘arma va muddatli depozitlarining jami kreditlariga nisbati 82 foizgacha oshgan bo‘lsa, boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan depozitlar va kreditlarning jami majburiyatlaridagi ulushi hamda majburiyatlari tarkibida davlat mablag‘lari ulushi bank tizimi o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha past hisoblanadi (mos ravishda 3,2 va 0,14 foiz).

Shuningdek, Kapital bankning moliyaviy ommaboplik indeksi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlari, xususan 10 ta eng yirik mijozlariga berilgan kreditlar ulushi hamda xususiy sektorga berilgan kreditlarning jami kreditlar hajmiga nisbati mazkur banknig reytingda yuqori pog‘onani egallashiga sabab bo‘ldi.

Hamkor bank umumiy reytingda 2-o‘rinni (moliyaviy ommaboplik bo‘yicha 1-o‘rinni, daromadlilik bo‘yicha 2-o‘rinni) egalladi. Xususan, mazkur bank jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar o‘rtacha soni (har bir filialga 4323 kishi) bo‘yicha reytingda 3-o‘ringa joylashdi. Hamkor bankning top-10 mijozlariga berilgan kreditlar ulushi past darajada (14,3 foiz) hisoblanadi.

Aloqa bank davlat ulushi mavjud yirik banklar orasida hukumat oldidagi majburiyatlarining kamligi, jamg‘arma va muddatli depozitlarining jami kreditlariga nisbati yuqoriligi sababli umumiy reytingda 3-o‘rinni egalladi.

Tenge bank, O‘zKDB bank va Poytaxt bank umumiy reytingning so‘nggi uchligida joylashdi. O‘zKDB bankning top-10 yirik mijozlariga berilgan kreditlarning jami kredit portfelidagi ulushi juda yuqoriligi hamda kreditlarni jamg‘arma va muddatli depozitlar hisobidan moliyalashtirish darajasining pastligi mazkur bank uchun nisbatan past indeks hisoblanishiga sabab bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан