Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin bo‘lgani uchun maktabga sport formasida borsa bo‘ladimi?
3.09.2020 14:14,  
1413

AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova umumta’lim maktablarda yangi o‘quv yili ta’lim jarayoni borasidagi savollarga javob berdi.

— Farzandimni maktabga sport formasida yuborsam bo‘ladimi?

— O‘quvchining maktabga kiyib boradigan libosi maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya etishi kerak. 

Mazkur qoidalarga ko‘ra maktabga sport libosida kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

— An’anaviy ta’lim olayotgan o‘quvchini istalgan vaqtda onlayn ta’limga yoki aksincha onlayn o‘qiyotgan o‘quvchini an’anaviy ta’limga o‘tkazish mumkinmi?

— Ha, bu jarayon o‘qituvchini ogohlantirgan holda amalga oshirilishi mumkin.

— Qanday holatda maktab yoki sinf xonasi karantinga olinishi mumkin?

— Bitta sinfda 3 nafar o‘quvchida koronavirus aniqlangan taqdirda sinf Sanitariya epidemiologik osoyishtlik markazi tomonidan karantinga olinadi va maktabda dezinfeksiya tadbirlari amalga oshiriladi. 

Jami sinflar sonidan yoki o‘qituvchi-xodimlar jami sonidan 10 foizida test natijalari ijobiy natijani ko‘rsatganda maktab karantinga olinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан