Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin cho‘zilib ketsa, mahkumlarga afv berilmaydimi?​
21.04.2020 20:33,  
517

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Qo‘shnimning velosipedini haydab chiqqan edim, lekin ichki ishlar organlari uni olib qo‘yishdi. Qachon velosipedni qaytarib olsam bo‘ladi, qo‘shnim holi jonimga qo‘ymayapti?

Javob: Karantin cheklovlari yechilganidan so‘ng, Siz, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan velosiped saqlanayotgan ichki ishlar organlari binosi hududidan o‘zingizga tegishli velosipedni olib ketishingiz mumkin. Velosiped saqlangani uchun to‘lov undirilmaydi.

Savol: Asaka shahridanman. Turmush o‘rtog‘im — mahkum, 2019 yil noyabrda Prezidentimizga afv so‘rab murojaat qilgan. Murojaat ko‘rib chiqilyapti deb, javob kelgan. Endi agar karantin cho‘zilib ketsa, afv berilmaydimi?

Javob: Agar turmush o‘rtog‘ingiz Prezident nomiga afv etish to‘g‘risida iltimosnoma yozib murojaat etgan bo‘lsa, afv etilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida, murojaat javobi shaxsan mahkumning o‘ziga ma’lum qilinadi.

Shuningdek, jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning afv etilishi Prezident Qarori asosida amalga oshiriladi.

Mazkur savol bilan JIEBBga — (71) 291-93-04 raqamiga qo‘ng‘iroq qilsangiz, yanada batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан