Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin davrida «bog‘cha puli» nima bo‘ladi? Bolaga qarash uchun ota-onalarga ta’til beriladimi?
16.03.2020 11:09,  
1495

Kecha, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya farovonlik agentligi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosida Covid-19 koronavirusi aniqlangani haqida xabar qildi.

Ayni vaqtda, yurtimizda 6 kishi ushbu virus bilan kasallangani ma’lum qilindi.

Shu sababli, O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar 2020 yil 16 martdan karantinga yopildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi MTTlar yopilgan davr uchun bolalarning MTTga kelmagan davri to‘lovi qayta hisob-kitob qilinishini nazorat qiladi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu choralar mutlaqo profilaktik mohiyatga ega va mamlakatimiz aholisining salomatlik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, qonunchilikka ko‘ra, bog‘chada yoki 6 yoshga to‘lmagan bolaga o‘rnatilgan karantin davrida bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan karantin belgilangan, lekin 14 kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Karantinda mehnatga layoqatsizlik varaqasi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi va sog‘liqni saqlash boshqarmalarining ruxsati asosida epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан