Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin davrida farzandli bo‘lib, suyunchi puli olmoqchi bo‘lganlar nima qiladi?
17.04.2020 12:11,  
2541

Kecha AOKA shtabida Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Shuhrat Davronov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Yoshga doir pensiyaga chiqish uchun hujjat topshirmoqchi edim. Karantin sababli pensiya hujjatlarimni yig‘ishda kechikish bo‘lsa, 2 oylik pensiyam kuyib ketadimi?

Javob: Yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab 60 kun ichida uni so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga to‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi.

Davlat pensiyalaridan biriga huquqi karantin davrida paydo bo‘lgan fuqarolarga, karantin tadbirlari tugagandan keyin 1 oy davomida pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga murojaat etish huquqi berildi.

Bu holatda ularga pensiyalar karantin cheklovlari davridagi huquqi paydo bo‘lgan sanadan tayinlanadi.

Savol: Yaqinda farzandli bo‘ldik, suyunchi (puli) nafaqasi uchun murojaat qilmoqchi edim. Belgilangan muddatda topshirmasam, suyunchi puli kuyadimi?

Javob: Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa (suyunchi) bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilinganda to‘lanadi.

Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqaga huquqingiz karantin davrida paydo bo‘lgan bo‘lsa, karantin tadbirlari tugagandan keyin 1 oy davomida ushbu nafaqani olish uchun o‘rnatilgan tartibda murojaat etishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан