Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin davrida ham O‘zbekistondan chiqishi mumkin bo‘lgan fuqarolar ma’lum qilindi
12.08.2020 11:09,  
970

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq karantin choralari paytida O‘zbekistonga kirish va chiqish tartibi to‘g‘risida ko‘p so‘raladigan savollarga javob berdi.

Savol: COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq karantin choralari paytida fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish tartibi qanday?
Javob:

1. 2020 yil 15 iyundan boshlab quyidagi toifadagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga aviaqatnovlar orqali O‘zbekistondan chiqib ketish uchun karantin choralari soddalashtirildi:

  • - davolanish uchun chiqayotgan shaxslar;
  • - xorijda yaqin qarindoshlari yohud og‘ir kasal bo‘lgan qarindosh-urug‘lari mavjud bo‘lgan shaxslar;
  • - xorijiy davlatda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston fuqarolari;
  • - o‘qish yoki ishlash uchun chet elga ketayotgan fuqarolar.

Ushbu toifadagi fuqarolar mamlakatdan chiqib ketishga ruxsat olish uchun O‘zbekiston Respublikasining tegishli organlariga murojaat qilishlari shart emas.

2. O‘zbekistondan chet elga ketishdan oldin va mos ravishda aviachiptani sotib olishdan oldin 1-bandda ko‘rsatilgan fuqarolarga pandemiya paytida ular bormoqchi bo‘lgan mamlakatga kirish uchun amaldagi tartib va shartlar hamda karantin choralari to‘g‘risida zarur ma’lumot olish uchun o‘sha mamlakatning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasiga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Karantin davrida O‘zbekistonga kirish-chiqish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berildi

Aviachiptalarni sotib olish uchun tegishli aviakompaniyalarning vakolatxonalariga murojaat qilish kerak. Chiptalarni sotishda aviakompaniyalar fuqaroning belgilangan mamlakatga kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishi mumkin.

Shu bilan birga, parvozlar sanitariya qoidalari va tartiblariga qat’iy amal qilgan holda tashkil etiladi.

3. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet elga yer usti orqali chiqishlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori talab qilinadi.

4. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishiga hech qanday cheklovlar ko‘zda tutilmagan.

5. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy fuqarolarning vizalari muddati avtomatik tarzda 2020 yil 1 noyabrgacha uzaytiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан