Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin davrida qurilish ishlarining sifatini qanday nazorat qilinadi?
22.04.2020 17:01,  
173

Avval xabar qilganimizdek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Qurilish vazirligi axborot xizmati rahbari Jamoliddin Qalandarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Karantin sharoitida qurilish materiallarini qanday tartibda sotib olsak bo‘ladi?

Javob: Hozirda barcha ishlab chiqaruvchilarga internetda o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xaridorlar bilan aloqalar o‘rnatish va mahsulotlarni maxsus dezinfeksiya qilingan avtomobillarda qurilish joyiga yetkazib berish bo‘yicha ham vazifalar yuklangan. Bu bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Savol: Pandemiya davrida qurilish ishlari sifatini nazorat qilish qay tarzda amalga oshiriladi?

Javob: Sohadagi nazorat tizimi bir necha bosqichli bo‘lib, bularga texnik nazorat, mualliflik nazorati, ichki nazorat va inspeksiya nazorati kiradi.

Albatta, bu ishlar Respublika maxsus komissiyasi tavsiyalariga ko‘ra masofadan turib amalga oshirilishi, bunda video kuzatuv, axborot almashuvining elektron tizimi, kunlik foto va video hisobotlardan keng foydalaniladi. Ushbu hisobotlar “vaxta“ uslubida ishlaydigan pudrat tashkilotlarning ichki nazorat xodimlari tomonidan tayyorlab boriladi.

Qurilish ob’yektiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish holatlarida xodimlar himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanishi uchun tegishli tashkilotlar tomonidan choralar ko‘rilgan.

Savol: Karantin vaqtida loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish qanday amalga oshiriladi?

Javob: Respublika miqyosida maxsus guruh tuzilgan bo‘lib, loyihalarning 90 % elektron shaklda qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi. Aslida bu tizim joriy yilning avgust oyida ishga tushishi belgilangan edi, lekin bugungi karantin davrida ishlarning uzluksiz davom etishini ta’minlash va buyurtmachilarga qulaylik yaratish maqsadida vaqtliroq ishga tushirildi.

Bunda, bu tizim orqali inson faktori oldini olingan, ya’ni“buyurtmachi“ va ekspertiza vakili bir-birini ko‘rmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан