Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nega xalqaro aviaqatnovlarga ruxsat berilgan bo‘lsada, parvozlar amalga oshirilmayapti?
23.06.2020 17:36,  
420

AOKA huzuridagi shtabda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ishtirokidagi brifingda xalqaro aviaqatnovlar tiklanishi yuzasidan muhim ma’lumotlar taqdim etildi:

Savol: Nega xalqaro aviaqatnovlarga ruxsat berilgan bo‘lsada, lekin hech qanday parvoz amalga oshirilmayapti? Chet elda tahsil oladigan talabalar nima qilishadi?

Javob: 15 iyundan Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan xalqaro aviaqatnovlarga ruxsat berilgan bo‘lsada, muntazam parvozlarni tiklash va amalga oshirish davlatlarda kuzatilayotgan epidemik holat hamda xorijiy mamlakatlarda qo‘yilgan cheklov choralari, viza berish tartibi, sanitariya talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Turkiya, Rossiya, BAA, Janubiy Koreya, Xitoy va Qozog‘iston davlatlari bilan iyul-avgust oylari davomida dastlabki bosqichda xalqaro yo‘nalishlarda paritet tamoyili asosida har bir tomondan muntazam parvozlarni tiklash bo‘yicha takliflar Respublika maxsus komissiyasiga taqdim etildi.

Shundan kelib chiqib, talabalar faqat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat etilgan yo‘nalishlardan foydalangan holda, tahsil olish uchun chet elga ketishlari mumkin.

Savol: AQSh qanday hudud toifasiga kiritilgan, umuman toifalar bo‘yicha bo‘lingan davlatlarning to‘liq ro‘yxatini qayerdan olish mumkin?

Javob: AQSh «qizil» hududga kiritilgan. Xorijiy davlatlarning toifalangan ro‘yxatini Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligidan olish mumkin.

Savol: Qozog‘istonga chiqish uchun temir yo‘l chegaralari qachon ochiladi. Talabalar hozirgi paytda poyezd yoki avtomobil orqali chegaradan o‘tishlari mumkinmi?

Javob: Poyezd va avtomobil transporti orqali xalqaro qatnovlar hozircha tiklangani yo‘q. Mazkur masalada Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан