Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin markazidagi fuqaro nega o‘zini osdi?
22.06.2020 12:14,  
6024

Avvalroq, Yuqorichirchiq tumanidagi «O‘rtasaroy» karantin markazida saqlanayotgan 42 yoshli fuqaro o‘zini o‘zi osgani haqida xabarlar taqalgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi. 

Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan bo‘lgan fuqaro S.S. shu yilning 15 iyun kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» tomonidan tashkil qilingan charter reys orqali «Moskva-Toshkent» yo‘nalishida uchib kelgan barcha yo‘lovchilar qatori Yuqorichirchiq tumanidagi «O‘rtasaroy» karantin markaziga joylashtirilgan.

S.S. avvaliga karantin markazidagi 4 kishiga mo‘ljallangan konteynerga joylashtirilgan. Biroq o‘zini agressiv tutib, ovqatlanishdan bosh tortib, virusga chalinganini aytib, alohida xonaga joylashtirishni talab qiladi. Uning talabidan kelib chiqib, qolaversa, markazda tinchlikni saqlash maqsadida u alohida xonaga o‘tkaziladi.

Ertasi kuni S.S. psixiatr ko‘rigidan o‘tkazilib, unga «psixoz» tashxisi qo‘yilgan.

Oradan to‘rt kun o‘tgach, ya’ni 20 iyun kuni ertalab, nonushta olib kelgan hamshira fuqaro S.S.ni konteynerga o‘rnatilgan konditsioner parragiga choyshab bilan o‘zini osib osgan holda ko‘radi.

Marhumning bo‘yin qismidagi strangulyasion egatdan tashqari boshqa turdagi tan jarohatlari, shuningdek, Virusologiya markazi mutaxassislarining dastlabki xulosasiga ko‘ra, unda «Covid-19» koronavirusi alomatlari aniqlanmagan.

Ayni paytda Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda. Tergovga qadar tekshiruv doirasida fojia sabablarini aniqlash maqsadida Farg‘ona viloyati Rishton tuman IIB boshlig‘iga alohida topshiriq yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан