Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin muddati tugagan 294 nafar fuqarolar uyiga​ kuzatildi (foto)
18.02.2020 12:19,  
594

Avval xabar qilganimizdek, turli maqsadlarda Xitoyda safarda bo‘lgan jami 584 nafar vatandoshimiz joriy yilning 4-6 fevral kunlari uchta charter reys orqali mamlakatimizga olib kelingan va 14 kunlik karantinga joylangan edi.

Bugun, karantin muddati tugaganligi bois ularning 294 nafari o‘z uyiga kuzatildi, deya xabar berdi sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

MAVZUGA DOIR: Yomon sanitariya va suvaraklar? Xitoydan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonlik talabalar karantini haqida

– “Bo‘ston” sanatoriysi to‘liq karantin talablari asosida jihozlandi. Kuzatuv olib borish uchun tegishli tibbiy jihozlar va zarur dori vositalari bilan ta’minlandi, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitaniya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov. – Xususan, koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralari yaratilib, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflash materiallari, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlandi. Sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelingan fuqarolar alohida nazorat ostida bo‘lib, muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi. Shuningdek, mazkur tibbiyot muassasalarida barcha kerakli maishiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi. Oshxonalarda 14 kunlik taomnoma tuzilib, kuniga uch marta sifatli ovqatlanish tashkil etildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

MAVZUGA DOIR: Xitoydan evakuatsiya qilingan fuqarolar karantinda qanday yashamoqda? (foto)

Karantin ob’yektlarida saqlanayotgan fuqarolarning oila a’zolari va yaqin qarindoshlari bilan muloqot qilishlari uchun telefon apparatlari o‘rnatildi. Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Stomatologiya institutida karantindagi fuqarolar bilan ularning ota-onalari va yaqin qarindoshlari muloqoti uchun videokonferensaloqa vositalari va telefon apparatlari o‘rnatilgan “Call center” faoliyat yuritdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Erta indin karantin muddati yakuniga yetishi munosabati bilan boshqa tibbiyot muassasalaridagi Xitoydan olib kelingan fuqarolarimiz ham o‘z uylariga kuzatiladi, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

MAVZUGA DOIR: Uxandan olib kelingan rossiyaliklar karantinda qanday yashamoqda? (foto)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан