Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin qoidalari yumshatilgan Toshkentda hayot qay darajada tiklandi?
22.05.2020 12:07,  
541

Yandeks dunyo shaharlari karantindan qanday chiqayotganini tahlil qilmoqda. Mutaxassislar "Yandeks.Kart" yordamida dunyodagi 42 ta shahar aholisining faollashuv darajasini grafiklarda aks ettirishdi. 

Yandeks ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda hayot karantindan oldingi kunlarga nisbatan 58 foizga tiklangan.

Toshkent shahri uchun grafik 17 fevraldan 20 mayga qadar tuzilgan.

Manba: Yandeks 

Eng past faollik ko‘rsatkichi 26 aprelda qayd etilgan - 5%.

Umuman olganda aprel oyida aholining o‘rtacha faollik darajasi 15 foiz atrofida bo‘ldi.

10 maydan keyin bu ko‘rsatkich 40 foizdan oshib ketgan va 20 may holatiga ko‘ra, 58 foizni tashkil qilmoqda. 

O‘rganilgan 42 ta shahar ichida Stokgolm (88%), Bryussel (75%), Nur-Sulton (75%), Minsk (74%) hamda Tel-Aviv (73%) shaharlarida hayot qariyb karantingacha bo‘lgan darajada tiklangan. 

Mumbay (17%), Rio-de-Janeyro (23%), Mexiko (26%), Madrid (30%) hamda Buenos-Ayres (31%)da odamlar hali ko‘chalarga chiqishga oshiqmayapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан