Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin qoidalariga amal qilmasdan, IIB xodimini urib qo‘ygan shaxsga jinoyat ishi ochildi
2.11.2020 11:28,  
207

O‘zbekistonda 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlari yumshatildi. Biroq jamoat joylarida ijtimoiy masofa (2 metr) saqlash, tibbiy niqobda bo‘lish talabi ham boshqa qator talablar bilan birga saqlanib qolgan.  

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay, joylarda karantin qoidalari buzilayotgan holatlar hamon kuzatilmoqda. 

Jumladan, 2020 yil 30 oktyabr kuni soat 23:00da Chirchiq shahri, Alisher Navoiy ko‘chasida Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari tungi xizmat vaqtida mast holatda, karantin qoidalarini buzib tibbiy niqobsiz turgan fuqaro N.S.ga duch kelgan

Xodimlar qonunbuzar fuqaroga karantin talablarini eslatib tanbeh berishganida N.S. faol qarshilik ko‘rsatgan holda o‘ng tirsagi bilan IIB xodimi S.A.ning yuz qismiga bir marta urib tan jarohati yetkazib, xizmat vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilgan. 

31 oktyabr kuni shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro N.S.ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан