Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin qoidalarini buzgan shaxs 15 sutkaga qamaldi
6.04.2020 20:11,  
479

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, Karantin e’lon qilinganiga qaramasdan 3 aprel kuni soat taxminan 00:50 larda Sirdaryo tumani, “Sindarobod” mahallasi hududida joylashgan blok postda fuqaro U.N. o‘ziga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinada niqobsiz kelib, jamoat joyida baqir-chaqir qilib, xizmat vazifasini bajarayotgan Sirdaryo tumani IIB xodimlarini har xil kurakda turmaydigan uyatli so‘zlar bilan so‘kib, mayda bezorilik sodir etib, tuman IIB xodimlarining uni tinchlantirish borasidagi qonuniy talablarini bajarmagan.

Fuqaro U.N. o‘zining yuqoridagi harakati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi, 183-moddasi, 194-moddasining 1-qismi va 195-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Ma’muriy ishlar bo‘yicha Sirdaryo tumani sudiga yuborilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Sirdaryo tumani sudining 3 apreldagi qaroriga asosan, fuqaro U.T.ga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, qamoqda o‘tirgan kunlari uchun undan 501 750 so‘m qamoq harajatlari undirilishi belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан