Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin sababli ishlamayotganlar ham aliment to‘lashda davom etadimi?
20.04.2020 21:16,  
739

Bugun AOKA shtabida Majburiy ijro byurosi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov ishtirok brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Qozog‘istonda ishlayman. Hozir karantin sababli ishlar to‘xtab, aliment yubora olmayapman. Karantin vaqtida aliment to‘lashga majburmanmi?

Javob: Bugungi kunda Byuro organlari tomonidan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosi davom ettirilayotganligi hamda qarzdorlar tomonidan aliment pullarining o‘z vaqtida va belgilangan miqdorda to‘lab borilayotganligi masalasi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.

Savol: Karantin vaziyatida MIB xodimlari ehtiyojmand qo‘shnilarimizning uylariga kelib-ketishmoqda. Ularning gazdan bo‘lgan qarzini to‘lashga yordam berishgan ekan. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Javob: Byuro organlari tashabbusi bilan joylardagi kam ta’minlangan oilalarning foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gazdan bo‘lgan qarzlarini undirishga homiylik asosida, saxovatpesha tadbirkorlar, savobtalab insonlar jalb qilinmoqda.

Hozirga qadar 2 mingdan ortiq ehtiyojmand fuqarolarga kommunal xizmat uchun jami 426 mln. so‘mdan ziyod qarzdorliklarini bartaraf etish va boshqa amaliy yordamlar ko‘rsatish bilan bog‘liq saxovat tadbirlari tashkil etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан