Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin sababli ishsiz qolganlarga qanday ishlar taklif etilyapti?
27.04.2020 17:03,  
1887

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Shahnoza Ravshanova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Cavdo qilar edim. Karantin sababli ishsiz qoldim. Mehnat vazirligi bandligimni ta’minlash uchun qanday yordam bera oladi?

Javob: Mazkur holatda Vazirlik sizni:

  • - haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etishi,
  • - agar tomorqangiz bo‘lsa, undan daromad olishingizni ta’minlash maqsadida subsidiya taqdim etishi,
  • - kooperativ faoliyatiga jalb qilishi mumkin.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasiga 200 mlrd so‘m ajratdi.

Natijada aprel oyining o‘zida 121 mingdan ortiq fuqaro jamoat ishlariga jalb etildi. Bugungi kunda jamoat ishlari 20 ga yaqin yo‘nalish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan. Avval mazkur ko‘rsatkich 8-9 ta atrofida edi.

Yo‘nalishlar sonining ortishi noan’anaviy yo‘nalishlar hisobiga ro‘y bergan. Masalan ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish, qurilish yo‘nalishlaridan tashqari:

  • - yolg‘iz qariyalarni parvarishlash,
  • - niqob ishlab chiqarish,
  • - dezinfeksiya ishlari,
  • - mahallalarda tashkil etilayotgan ko‘chma savdo shoxobchalari, 
  • - “Xayriya markazlari“dagi faoliyat,
  • - karantinga olingan oila va xonadonlarga yordamchi posbon,
  • - Ichki ishlar va Milliy gvardiya xizmatlari tomonidan tashkil etilgan blok-postlarga xalq posboni yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat turi taklif etilyapti.

Asosiysi ish haqi har 5 kunda to‘lab berilyapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан