Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin sababli O‘zbekiston arxivxonalari faoliyati to‘xtatiladi
22.03.2020 14:20,  
182

O‘zbekiston Respublikasida koronovirus pandemiyasi natijasida e’lon qilingan karantin sababli 2020 yil 24 martdan e’tiboran respublikadagi barcha davlat arxivlarida “KARANTIN” e’lon qilinadi va vaqtincha foydalanuvchilarga an’anaviy tarzda xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi. Bu haqda “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati xabar qildi.

Karantin vaqtida respublikadagi davlat arxivlarining qabulxona va hujjatxonalarda dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.

Karantin jarayonida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi barcha davlat arxivlari ishchi holatida o‘z ish faoliyatini olib boradi. So‘rovlar elektron qabul qilinadi.

Davlat arxivlariga fuqarolar mehnat staji va ish xaqi bo‘yicha arxiv ma’lumotnomalarini olish uchun elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmat portali my.gov.uz, [email protected] (jumladan milliy arxivlar va arxiv ishi hududiy boshqarmalarining elektron pochta manzillari Agentlikning rasmiy veb-sayti www.archive.uz da joylashtirilgan) manzillariga murojaat etishlari mumkin.

So‘rovingizning ijro holati yuzasidan telefon orqali bilib ham olishingiz mumkin. "O‘zarxiv" agentligi "Ishonch telefoni" 71-230-50-44.

Foydalanuvchilarni qabul qilishni amalga oshirilishi oldindan “O‘zarxiv” agentligining 
“archive.uz” rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан