Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin sababli tonirovkaga ruxsatnomalarning ham muddati uzaytiriladimi?
29.04.2020 18:12,  
457

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Men mashinam oynasini tonirovka qilish uchun jami 12 million so‘m sarflaganman. Karantin vaqti qanchaga cho‘zilishidan qatiy nazar, shu davr uchun ruxsatnomamga qo‘shimcha muddat qo‘shiladimi?

Javob: To‘lov asosida avtotransport vositalarining oynalarini tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) 1 yil muddatga ruxsat beriladi.

Biroq Respublika maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq, karantin davrida muddati tugaydigan barcha ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarning amal qilish muddati joriy yilning 1 iyuliga qadar uzaytirilgan.

Karantin davrida ruxsatnomangiz muddati o‘tsa, joriy yilning 1 iyuligacha avtotransportni haydashingiz mumkin. Shu bilan birga, karantin davri hisobidan, qo‘shimcha muddat berilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан