Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin tufayli toifasini qayta tasdiqlata olmaganlarning maoshlari qisqartiriladimi?
3.06.2020 16:21,  
146

Avval xabar qilganimizdek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi:

Savol: Nega telefonlarga ogohlikka da’vat etuvchi SMS-xabarlar kelmay qo‘ydi? Odamlar niqob, antiseptiklar, qo‘lni sovunlab yuvish to‘g‘risida eslatib turilmasa ehtiyotkorlikni unutishmoqda?

Javob: To‘g‘ri, telefonlarga SMS-xabarlar kelishi to‘xtadi, lekin buning o‘rniga muntazam OAV orqali targ‘ib qilinmoqda.

Savol: Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ulug‘bek shaharchasi qizil hududga kiritilgani uchun shifokorlar qabuliga borolmayapmiz. Oilaviy poliklinika ishlamayapti. Yaqin oradagi tibbiyot muassasalari tibbiy xizmat ko‘rsatishdan bosh tortishdi. Turmush o‘rtog‘imga tashxis qo‘yilishi uchun tahlil topshirishlari zarur?

Javob: Agar turmush o‘rtog‘ingizda biror o‘tkir kasallik bor bo‘lib, unga tez tibbiy yordam zarur bo‘lsa tez yordam mashinasini uyga chaqiring.

Har qanday vaziyatda ham tuman tibbiyot birlashmasi sizning muammongizni yechishi lozim.

Savol: Oliy toifali shifokorman. Karantin tufayli aprel oyida toifamni qayta tasdiqlata olmadim. Toifa muddati tugaganligi sabab maoshimni qisqartirishdi. Endi toifamiz ham pasaytiriladimi?

Javob: Bu masala bilan SSV attestatsiya komissiyasi shug‘ullanyapti. O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga takliflar kiritilgan, yaqin kunlarda aniq javobni e’tiboringizga yetkazamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан