Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin tufayli Toshkentda ishsiz yoshlar 3 barobarga ko‘payishi aytildi
17.04.2020 22:20,  
394

Toshkent shahar hokimligida hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari majmuasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, majlisda koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy sohada amalga oshiriladigan ishlar muhokama etildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Jumladan, barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, sport va musiqa maktablarida takroriy ya’ni ikkinchi marotaba dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish va to‘liq tugatish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Karantin davrida ta’lim jarayonida uzilish bo‘lmasligi uchun barcha ta’lim muassasalarining pedagoglari o‘quvchilarni onlayn o‘qitmoqda.

Shuningdek, darslar televideniyening 3ta kanali orqali muntazam berib borilmoqda va bunga Toshkent shahridan 188 nafar o‘qituvchilar, 50 nafar sportchilar, 100 nafar maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari jalb etilgan bo‘lib, yig‘ilishda ular Toshkent shahar hokimiyati tomonidan rag‘batlantirilishi ma’lum qilindi.

Shu bilan birga karantin tugashi bilan poytaxtimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni 93% dan 100 % ga ko‘tarish hamda 6 yoshli bolalarni (100%) maktabga tayyorlash tizimini joriy qilish masalasi ham muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash va shu orqali iste’dodli, izlanuvchan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida yaqin orada onlayn tanlovlar platformasi ham ishga tushiriladi.

Karantin sabab, bu muddat o‘tganidan so‘ng ishsiz yoshlar soni 3 barobarga ko‘payishi prognoz qilinmoqda. Shu sabab hozirda shahar va tuman hokimliklari mutasaddilari boshqa qator sohalar rahbarlari bilan birgalikda ularni IT yo‘nalishidagi tadbirkorlikka jalb etish, ko‘nikmalarini rivojlantirish, sektorlar bilan yuzaga keluvchi muammolar yechimi ustida ishlayotganliklari ham aytib o‘tildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан