Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin vaqtida avtomashina bo‘yicha ma’muriy jarimalar kechiktiriladimi?
20.04.2020 17:00,  
539

Bugun AOKA shtabida Majburiy ijro byurosi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov ishtirok brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— MIB xodimlari telefon qilib, avtomashinam bo‘yicha ma’muriy jarimani 15 kun ichida to‘lashim kerakligini tushuntirishdi. Karantin vaqtida bu to‘g‘rimi?

— Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun tayinlangan ma’muriy jarimalarni undirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Prezident Farmoniga ko‘ra, faqatgina karantinga olingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni to‘lash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytirilgan.

Siz ushbu jarimani Telegram tarmog‘idagi @mibuzbot aloqa boti orqali to‘lashingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан